08:48 / 22.05.2018
6331

Mey Shotlandiya haqida: mustaqillik bo‘yicha referendum vaqti emas 

Foto: Stefan Rousseau/PA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyenni Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha takroriy referendum o‘tkazish xaqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda Politics home xabar bermoqda.

«Hozir jamiyatda navbatdagi bo‘linishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mustaqillik bo‘yicha referendum vaqti emas, hamda unga ehtiyoj ham yo‘q», - deya ma'lum qilgan Mey.

Meyga referendumni o‘tkazishda rad javobi berish haqida shotlandiyalik konservatorlar yetakchisi Rut Devidson ham maslahat bergani aytilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya hukumati Rossiyadan kelayotgan «iflos pullar» bo‘yicha shikoyat qilgandi.

Mavzuga oid
Top