22:45 / 22.05.2018
27149

O‘z hovlisida ko‘knori va nasha yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Samarqand viloyat IIB

Samarqandda 1800 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini ekib, qo‘lga tushgan shaxs o‘z ixtiyori bilan yana boshqa giyohvandlik vositalarini IIBga topshirdi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB matbuot xizmati.

18 may kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan viloyat hududida o‘tkazilayotgan «Qoradori–2018» tadbiri davomida Payariq tumani “Madaniyat” mahallasida yashovchi fuqaro K.M.ga tegishli yashash uyi va qo‘shimcha xo‘jaligini ko‘zdan kechirish natijasida uyning chap tomonida joylashgan og‘il ichida bo‘yi 1 metrdan 1,65 metrgacha bo‘lgan 1800 tup ko‘knori va 20 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu shaxs bilan qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilganda, fuqaro K.M. yashash uyining ichidan o‘z ixtiyori bilan 3 dona paket ichiga solingan, o‘tkir hidli, “marixuana” va boshqa turdagi giyohvandlik moddasini olib chiqib, IIB xodimlariga topshirgan.

To‘plangan hujjatlar Payariq tumani IIBga topshirilib, tuman tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top