12:00 / 23.05.2018
4746

Abdulaziz Komilov Gyunter Overfeld bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: TIV axborot xizmati /Shaxriyor Turgunboyev /arxiv foto

2018 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Alohida e'tibor iqtisodiy, investitsion, savdo va texnologiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Germaniya aloqalarini turli darajalarda va shakllarda, shu jumladan, davlat va jamoat tuzilmalari, biznes doira o‘rtasida delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Top