23:23 / 23.05.2018
9989

Amerikalik ayoldan mashina xaridi vaqtida robot emasligini isbotlash so‘raldi

Amerikaning Florida shtatida yashovchi Marsi Robin o‘z shahridagi dilerlik markazida Fiat 500X avtomobilini xarid qilayotib, kelishuvning so‘nggi bosqichida qog‘ozlar orasida uning robot emasligini isbotlash so‘ralgan so‘rovga ko‘zi tushdi.

Foto: Jalopnik

Bu onlayn-xarid emas edi: Robin xaridor ro‘parasida kabinada o‘tirgan edi. Uning qo‘llarida inson yoki yo‘qligini isbotlash so‘ralgan qog‘oz turardi. Gap shundaki, bunday so‘rovlar odatda turli saytlarda botlardan himoyalanish maqsadida joylashtiriladi. Real hayotda esa Robin kerakli joyga belgi qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.

"Bugun mashina xarid qildim va mendan qo‘limda ruchka bilan qog‘ozda robot emasligimni isbotlashni so‘rashdi", - deydi u.

Amerikalik ayol Jalopnic nashriga avtomobil xaridi vaqtida bunday testlarni kutmaganini aytdi. Suhbatdan so‘ng jurnalist Florida markaziga qo‘ng‘iroq qilib, bu xato emas, standart jarayon ekanini aniqladi.

Top