18:50 / 23.05.2018
11353

Armaniston prezidenti namoyishchilar oldiga chiqdi va ular bilan raqsga tushdi

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan mamlakat janubidagi oltin konidan foydalanishga qarshi norozilik namoyishi uyushtirgan faollarning oldiga chiqdi, hamda ular bilan raqsga tushdi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bir guruh shaxslar mamlakat janubidagi Syunik oblastida joylashgan Amulsar konidan foydalanishga qarshi norozilik bildirish uchun kelishgan. Faollarning fikricha, oltin qazib olish mintaqa ekotizimiga zarar yetkazmoqda.

Avvaliga namoyishchilar oldiga prezident ma'muriyati xodimlari chiqqan va petitsiyani olib ketgan. Biroq, oradan bir necha daqiqa o‘tib, ularning oldiga Sarkisyanning o‘zi chiqib keldi. U shikoyatlarni eshitib va namoyishchilar bilan gaplashib, ketishga chog‘langan, biroq shu paytda namoyishchilar kochari milliy raqsiga tusha boshlashgan, sababi aksiya ham raqsdan boshlangan. Armaniston prezidenti esa kutilmaganda ularning safiga qo‘shildi. Raqs uning faol ishtirokida davom etgan.

Foto: Sputnik / Aram Nersesyan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda katta miqyosda repatriatsiya rejalashtirilayotgani xabar berilgandi

Top