00:35 / 23.05.2018
5001

Istanbul va Kobulni bog‘lovchi yo‘nalish ochildi

22 may kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul va Turkiyaning Istanbulini bog‘lovchi yangi havo yo‘lagi ochildi. Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi aeroportda o‘tgan ochilish marosimida Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri Humoyun Rasa, qishloq xo‘jaligi vaziri Nosir Ahmad Duroniy, Turkiyaning Kobuldagi elchisi O‘uzxon Ertugrul, Turkish Airlines aviakompaniyasi vakili Axmet Uludag‘ qatnashdi.

Foto: trtarabic.tv

Humoyun Rasaning aytishicha, Afg‘oniston Turkiya bilan savdo sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi. Uning ta'kidlashicha, afg‘on mahsulotlari, jumladan marmar Turkiyada katta talabga ega. Vazir Afg‘onistonda turkiyalik sarmoyachilar uchun qulay sharoitlar yaratilishini qo‘shimcha qilgan. 

Ma'lum qilinishicha, Kobuldan ilk reys orqali Istanbulga 15 tonna quruq meva hamda gilamlar yetkazib beriladi. 

Mavzuga oid
Top