18:59 / 23.05.2018
13573

Majburiy ijro byurosining taqdimnomasi jazoni o‘zgartirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudida ochiq sud majlisi o‘tkazildi. Sud M.Rayimovning raisligida o‘tkazildi. Sud jarayonidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167-moddasi 2-qismining “g” bandi ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish,  mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa) va 209-moddasining 1-qismi (Mansab soxtakorligi) bilan sudlangan Kuanova Sarvinoz Takabekovnaning jinoyat ishi bo‘ldi. Majburiy ijro byurosi Mirzacho‘l tuman bo‘limi boshlig‘i 1-darajali yurist X.Xolmurodovning mahkum S.Kuanovaga nisbatan tayinlangan jarima jazosini boshqa turdagi jazoga almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnomasini sud majlisida ko‘rib chiqildi. Bunga sabab shuki, mahkuma S.Kuanova tayinlangan jarima jazosini uch oy muddat ichida to‘lashligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsada lekin u shu muddatda jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlagan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2017 yil 16 oktabrdagi hukmi bilan Kuanova Sarvinoz Takabekovnaga tayinlangan eng kam oylik ish haqining 200 baravari 29.955.000 (yigirma to‘qqiz million to‘qqiz yuz ellik besh ming) so‘m miqdoridagi jarima jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi. Yuqoridagi summa miqdoridagi jarima jazosi ozodlikni cheklash jazosining 1 (bir) yil 15 (o‘n besh) kuniga tenglashtirilishi belgilandi. Kuanova Sarvinoz Takabekovnaga sutkaning soat 18:00dan soat 06:00ga qadar bo‘lgan vaqtida yashash joyidan chiqishi cheklandi.

 Kuanova Sarvinoz Takabekovnaning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlar yuklatildi:

 - ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik belgilandi;

 - nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmasligi tayinlandi;

- Mirzacho‘l tuman hududidan tashqariga chiqmaslik, aloqa vositalaridan, shu jumladan internetdan foydalanmasligi kabi choralar o‘qib eshittirildi.

Kuanova Sarvinoz Takabekovnaga O‘zbekiston Respublikasi JK 48-moddasi talabiga asosan, ya'ni o‘rnatilgan taqiqlar (cheklovlar)ni buzgan taqdirda, unga nisbatan qo‘llanilgan jazo boshqa og‘irroq turdagi jazoga almashtirilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Ajrimdan norozi taraflar 10 kunlik muddat ichida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi orqali jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudiga xususiy shikoyat berishga, prokuror esa xususiy protest keltirishga haqliligi tushuntirildi.

Top