00:45 / 23.05.2018
4743

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv keyinroq o‘tishi ham mumkinligini aytdi

Foto: Pablo Martinez Monsivais / AP

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv qandaydir sabablarga ko‘ra iyunda o‘tmasa, unda boshqa vaqt o‘tishi mumkinligini aytdi. Tramp uchrashuv belgilangan vaqtda o‘tmasligiga imkoniyat kattaligini aytgan. 

Tramp bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan Oq uydagi uchrashuvi vaqtida aytib o‘tgan. “Biz ba'zi shartlar bajarilishini istaymiz va o‘ylaymanki, ular bajariladi. Agar bu yuz bermasa, unda uchrashuv ham bo‘lmaydi”, deb aytgan Tramp.

“Shimoliy Koreyada buyuk davlat bo‘lishga imkoniyat bor va o‘ylaymanki, ular bu imkoniyatdan foydalanib qolishadi – yaqin fursatda ular buni istayotganlari yoki yo‘qligini bilib olamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Avvalroq Tramp va Kim Chen In uchrashuvi Singapurda 12 iyunda o‘tishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid
Top