02:16 / 24.05.2018
12867

«Beshiktosh» qo‘hna qit'aning eng tez o‘sayotgan klubi, MYu - eng qimmatbahosi

Foto: AFP

Istanbulning «Beshiktosh» klubi Yevropaning eng yaxshi futbol klublari ichra eng katta o‘sishga erishgan klub bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Sabah chorshanba kuni e'lon qilingan KPMG hisobotiga asoslanib.

Hisobotga ko‘ra, «Beshikton»ning 2018 yilning 1 yanvar holatidagi bahosi o‘tgan 1 yil ichida 52 foizga o‘sgan va 333 million yevroni tashkil etgan.

KPMG turk klubi qiymatining bu tarzda yuqorilashini yangi «Vodafone» stadionida o‘ynay boshlagani, klub 2016/17 yilga mavsumda Yevropa ligasining chorakfinaliga qadar yetib borgani bilan tushuntirmoqda.

«Biz har bir klubning aktivlarini hisoblab chiqamiz. Klubda aytaylik stadion, qimmatbaho o‘yinchilar, shuningdek qimmatbaho brend va reklama shartnomalari bo‘lsa, shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlarda nechog‘lik mashhurligi ham hisobga olinadi», — degan KPMG sport bo‘limi maslahatchisi Jak Bussuge kompaniyaning hisoblash uslubini tushuntirar ekan.

Bu vaqtda «Beshiktosh»ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilari — Istanbulning «Galatasaroy» va «Fenerboxcha» klublari 13 va 9 foizga arzonlashgan. Sherlarning qiymati 330 million yevroga qadar pasaygan bo‘lsa, Sariq kanareykalarniki 319 million yevroni tashkil etmoqda.

Turk klublari Yevropaning 32 ta eng qimmat klublari reytingida 23-, 25- va 27-o‘rinlarni egallashgan.

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi ushbu reytingni boshqarmoqda. Uning bahosi o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga oshgan va 3,2 milliard yevroni tashkil etmoqda. Ispaniya grandlari «Real» 2,9 milliard yevro va «Barselona» 2,8 milliard yevro bilan dastlabki uchlikni yakunlab berishgan.

Ko‘hna qit'aning 32 ta eng badavlat klubining umumiy qiymati 32,5 milliard yevroni tashkil etgan. Bu 2017 yildagiga nisbatan 9 foizga ko‘pdir.

Top