Nordwind Airlines aviakompaniyasi 1 iyundan «Toshkent-Qozon» reysini ochmoqda. Bu haqda Qozon xalqaro aeroportining veb-saytida xabar berildi.
Muntazam reyslar 220 o‘rinli Airbus A321 mahalliy laynerlarida amalga oshiriladi.
Samolyot Qozondan juma kunlari kechqurun (18:05) parvoz qiladi va Toshkentga o‘sha kuni yetib keladi (23:15).
Ortga reys kelasi kuni soat 01:40da, Qozonga qo‘nish vaqti - 03:05da. Aeroportlarning mahalliy vaqti ko‘rsatilgan.
Chiptalar allaqachon sotuvga chiqqan va narxi bir tomonga 10,6 ming rubldan boshlanadi (1,3 million so‘m).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uralskiye avialinii» Rostov-Dondan Toshkentga parvoz qila boshlashi xabar qilingandi.