16:24 / 24.05.2018
5794

Toshkent viloyati va Tatariston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

Foto: Tatar-inform

Toshkent viloyati va Tatariston 2018 yilgi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzoladi. Bu haqda Tatariston Respublikasi prezidenti saytida xabar berilgan.

Ushbu hujjat savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy sohalarda xalqaro hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning ta'kidlashicha, respublika Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari doirasida O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda. 2017 yilda tovar ayirboshlash hajmi qariyb 80 foizga o‘sib, 92 million dollarga yetdi.

Shu bilan birga, Tatariston prezidenti savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat bor ekanini qayd etib, imzolangan bitim bu ishda yordam berishiga ishonch bildirdi.

Top