09:21 / 25.05.2018
4826

CNN: Assanj o‘z boshpanasini «istalgan paytda» tark etishi mumkin

Foto: JUSTIN TALLIS/AFP/Getty Images

WikiLeaks asoschisi, Ekvadorning Londondagi elchixonasida deyarli olti yildan beri yashirinib kelayotgan Julian Assanj o‘z boshpanasini «istalgan paytda» tark etishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali bir nechta manbalarga asosan xabar berdi.

Telekanal manbalari fikricha, Assanjning ayni damdagi ahvoli «juda og‘ir». Ularning ta'kidlashicha, u o‘z boshpanasini «istalgan vaqtda» tark etishi mumkin. Agarda bu ro‘y bersa, uni Britaniya politsiyasi hibsga oladi va keyinchalik Assanj AQShga ekstraditsiya qilinadi.

Yana bir manbaning ma'lum qilishicha, uning boshpanasi «xavf ostida qolgan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekvador Assanjni qo‘riqlashga qancha pul sarflagani aytilgandi.

Mavzuga oid
Top