18:07 / 25.05.2018
7538

«Farg‘ona» axborot agentligi asoschisi Daniil Kislov Buyuk Kelajak ekspertlik kengashiga kiritildi

Foto: RIA "Novosti"

Buyuk Kelajak ekspertlik kengashiga "Farg‘ona.ru" sayti direktori va asoschisi Daniil Kislov ham kiritildi.

Ekspertlik kengashining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e'lon qilingan va amalga oshirilayotgan davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Markaz ekspertlari hayot sifatini oshirish, inson kapitali sifatini yaxshilash, uzoq muddatli investitsiyalar bozorini rivojlantirish va davlat hokimiyati institutlarini isloh qilish masalalariga e'tibor qaratgan holda, 2035 yilgacha O‘zbekistonni rivojlantirish uzoq muddatli modelini ishlab chiqishga jalb etilishi mumkin.

Daniil Kislov 1965 yil 7 iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat pedagogika institutida o‘qigan. 1985 yilda u qishloq xo‘jaligi ishlariga (paxta terimiga) borishdan bosh tortgani uchun o‘qishga chetlatilgan.

1985 yildan beri jurnalistika va adabiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. 1993-1994 yillarda «Sharq yulduzi» (Toshkent) adabiy-badiiy jurnalining tahririyat kengashi a'zosi bo‘lgan. U 1995 yilda O‘zbekistonni tark etgan. O‘n yil davomida WPS (Moskva) monitoring agentligining matbuot bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi. 1998 yilda “Farg‘ona.ru” saytini tashkil etdi.

Top