19:30 / 25.05.2018
10531

NASA Oyda zavod qurmoqchi

Foto: 123RF/PICSEL

AQShning NASA koinot agentligi Oyda birinchi raketa zavodini qurish bo‘yicha rejasining texnik detallari ustida ishlarni boshlamoqda. Sayyoramizdan tashqaridagi ilk sanoat korxonasida boshqa sayyoralarga sayohat uchun zarur bo‘ladigan raketa yonilg‘isini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.   

Bo‘lg‘usi raketa yonilg‘isi uchun xom ashyo – vodorod va geliyni Oy sirtida olish mo‘ljallanmoqda. Bu maqsadda 2019 yilda Oy sirtiga ikkita geologik razvedkachi qurilma yuborilishi mumkin. Bu qurilmalar ish uchun eng maqbul maydonchalarni qidirish bilan shug‘ullanadi.

Oy bazasi Quyosh tizimining boshqa sayyoralariga yo‘lda zaxiralar va yonilg‘i to‘ldirish uchun o‘ziga xos oraliq punkt bo‘lishi mumkin.  

Mavzuga oid
Top