22:00 / 25.05.2018
6007

Sayxunobodda 4 ming dollar va qariyb 3 mln so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

22 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi A.J. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 1 maydan 18 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs uning uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidan 4 000 AQSh dollari va 2 mln 900 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Birdamlik ko‘chasida yashovchi Z.J. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Top