15:49 / 25.05.2018
15070

«O‘zbekiston pochtasi»ga yangi bosh direktor tayinlandi

Yevgeniy Vladimirovich Birger 2018 yil 23 maydan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori etib tayinlandi. Bundan aksiyadorlik jamiyati saytidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Yevgeniy Vladimirovich Birger Foto: Skrinshot

Yevgeniy Birger 1960 yil 19 mayda Moskva viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumot oliy, 1982 y. Moskva elektrotexnika institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Muqaddam Rossiya pochtasida rahbarlik lavozimlarida, Moskva iqtisodiyot institutida dotsent bo‘lib ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 may kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Top