19:27 / 26.05.2018
6572

Xitoyda qariyb 6 ming amaldor jazolandi

Foto: Getty Images

Joriy yilning aprel oyida xitoylik taxminan olti ming amaldor xalq mablag‘larini sarflashda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish va byudjyet mablag‘laridan noqonuniy foydalanish holatlari uchun ma'muriy jazoga tortildi. Bu haqda XKP Markaziy qo‘mitasi bayonotida aytiladi.

Xitoy hukumati 2012 yil dekabr oyi boshida amaldorlar uchun “sakkiz qoida”ni tasdiqladi, ular byurokratiyani yo‘qotish, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilmaslik va mablag‘larni talon-toroj etmaslikka yo‘naltirilgan.

Xabar qilinishicha, joriy yilning aprelida komissiya tegishli qoidalarga rioya etish bo‘yicha tekshiruvlar doirasida 3922 ishni ko‘rib chiqdi, ularda 5759 amaldorning ismi bo‘lgan. Ular keyinchalik huquqbuzarlik ko‘lamiga qarab ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Top