11:07 / 26.05.2018
48511

Putin G‘arb davlatlarini «qizil chiziqdan» o‘tmaslikka chaqirdi

Foto: EPA

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, G‘arb davlatlari Moskva bilan munosabatlarda «qizil chiziqdan» o‘tmagani ma'qul. Bu haqda u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi davomida aytib o‘tgan.

«NATO bizning chegaralarga juda yaqin kelgani ham mayli, biroq, bizda ertaga Ukraina ham u yerda kirishi bo‘yicha taxminlar bor. Shunda bu davlatda ham qandaydir radarlar va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatiladi», - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
 
Shuningdek, u Rossiya manfaatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirgan.

«Qandaydir chegaralar bor, tushunasizmi, «qizil chiziqdan» o‘tmagan ma'qul. Bir-birimizning manfaatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘laylik», - degan Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin JCh-2018 asosiy favoritini aytgandi.

Top