09:30 / 27.05.2018
5183
Albanlar bosh vazir iste'fosini talab qilishmoqda
Foto: Politeka

Albaniya muxolifatining minglab tarafdorlari mamlakat bosh vaziri Edi Ramaga qarshi namoyishlar o‘tkazish uchun poytaxt Tirana ko‘chalariga chiqishdi.

ABC xabariga ko‘ra, namoyishchilar hukumat rahbarining iste'fosini talab qilishmoqda. Ularning fikricha, Edi Rama uyushgan jinoyatchilikka aloqador.

Xabar qilinishicha, politsiya bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan: namoyishchilar huquq-tartibot organlari xodimlari tomon toshlar va butilkalar uloqtirishgan, hukumat binolarini shturmdan himoya qilayotgan 11 nafar politsiyachi turli darajada jarohatlar olishgan.

Foto: Edi Rama / TASS
Top