18:24 / 27.05.2018
32037

Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot qum bo‘roni tufayli ushlanib qoldi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Toshkent-Urganch-Moskva» yo‘nalishidagi reysi 4,5 soatga ushlanib qoldi. Aviakompaniya matbuot xizmati bunga O‘zbekiston shimoli-g‘arbida kuzatilayotgan qum bo‘roni sabab bo‘lganini ma'lum qilgan.

Aviatashuvchining ma'lumotiga ko‘ra, Toshkentdan Urganch orqali Moskvaga tomon harakatlangan NU-55 reysi poytaxtdan mahalliy vaqt bilan soat 10:00da uchgan, samolyot qumli bo‘ron tufayli Urganchga bora olmagan va Buxoro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

«Ayni vaqtda samolyot Moskvaga tomon parvozni davom ettirmoqda. Reys 4 soatu 30 daqiqaga kechikdi», deyilgan xabarda.

Qum bo‘ronlari sababli «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «Toshkent-Urganch-Buxoro» yo‘nalishidagi NU-51 reysini Nukusdagi zaxira aerodromi orqali amalga oshirishga majbur bo‘lgan. Bu reys ham 4,5 soatga kechikkan.

Mavzuga oid
Top