13:34 / 28.05.2018
42730

YeChL mavsumidagi eng yaxshi gollar aniqlandi

UYeFA texnik kuzatuvchilari Chempionlar ligasining 2017/18-yilgi mavsumidagi eng yaxshi o‘nta golni tanlashdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Birinchi o‘rinni «Real» forvardi Krishtianu Ronalduning musobaqa ¼ finalida «Yuventus» darvozasiga urgan goli egalladi. Hujumchi va Ronaldu jamoadoshi Garet Beylning «Liverpul» bilan bo‘lib o‘tgan finaldagi to‘pi ikkinchi pog‘onada joylashdi. Shunisi qiziqki, mavsumdagi eng yaxshi gollar top-10ligiga Ronaldu va Beyl ishtirokidagi yana ikkita gol kiritildi (mos ravishda oltinchi hamda to‘qqizinchi o‘rin).

UYeFA texnik kuzatuvchilari versiyasiga ko‘ra 2017/18-yilgi mavsumda Chempionlar ligasidagi top-10 eng yaxshi gol:

1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus» — «Real» 0:3, 1/4 final birinchi o‘yini)

2. Garet Beyl («Liverpul» — «Real» 1:3, final)

3. Gonsalo Iguain («Yuventus» — «Tottenxem Xotspur» 2:2, 1/8 final birinchi o‘yini)

4. Antuan Grizmann («Atletiko» — «Roma» 2:0, guruh bosqichi)

5. Edin Djyeko («Chelsi» — «Roma» 3:3, guruh bosqichi)

6. Garet Beyl («Borussiya» D – «Real» 1:3, guruh bosqichi)

7. Fred («Shaxtyor» — «Roma» 2:1, 1/8 final birinchi o‘yini)

8. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti» — «Shaxtyor» 2:0, guruh bosqichi)

9. Lorentso Insine («Napoli» — «Shaxtyor» 3:0, guruh bosqichi)

10. Krishtianu Ronaldu («Real» — «Borussiya» D 3:2, guruh bosqichi)

Mavzuga oid
Top