08:20 / 28.05.2018
9127

Polsha AQSh harbiy bazasi uchun 2 mlrd dollar to‘lashga tayyor

Foto: Alik Keplicz/AP

Polsha hukumati o‘z hududida AQShning doimiy harbiy bazasini joylashtirish uchun 2 mlrd dollar to‘lashga tayyor. Bu haqda mahalliy Onet portali Mudofaa vazirligi hujjatiga asosan yozmoqda.

«Polsha AQShning bir tank diviziyasi yoki shunga teng bo‘lgan hajmdagi qurolli kuchlarini Polshada joylashtirish tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni qoplashga 1,5-2 mlrd dollar taqdim etish taklifi bilan chiqdi», - deyiladi hujjatda.

Polsha mudofaa mahkamasi mablag‘larni tegishli infratuzilmani yaratishga, shuningdek, amerikalik harbiy xizmatchilar yaqinlarini joylashtirish uchun sarflashga tayyor.

Bazaning ehtimoliy joylashadigan yeri ko‘rsatilgan reja Oq uy va AQSh kongressiga yuborilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV NATOning «qo‘rqinchli tushi» haqida ma'lum qilgandi.

Top