07:49 / 28.05.2018
6831

Sarkisyan shahzoda Charlzga Armanistondagi bog‘ni sovg‘a qildi

Foto: © AP Photo / Darko Vojinovic

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanning ma'lum qilishicha, Britaniya shahzodasi Charlzga Armaniston hududidagi kichik bog‘ni sovg‘a qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Sarkisyan shahzodani Armaniston do‘sti, deb atagan.

«U arman arxitekturasini juda yaxshi biladi va 2013 yilning mayida Armanistonni ko‘rish uchun kelgandi. Do‘stlikdan tashqari, moddiy qiymatga ega bo‘lgan yagona narsa, bu kichik bog‘, u mening oilam, o‘g‘illarim va uning o‘g‘illariga tegishli edi, men ushbu bog‘ni unga sovg‘a qildim», - deya aytib o‘tgan davlat rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bog‘ Armaniston hududida joylashgan, biroq u aynan qayerda joylashganini aytishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston prezidenti namoyishchilar oldiga chiqib, ular bilan raqsga tushgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top