15:31 / 28.05.2018
52954

Sport tarixidagi dunyoni o‘zgartirgan 13 lahza

Sport tarixida nafaqat sport hodisalarining borishi, balki insoniyat tarixini belgilab bergan buyuk lahzalar bor. Aynan mana shunday lahzalar tufayli insonlarda o‘ziga ishonch, yorug‘ kelajakka umid paydo bo‘lgan, deb yozadi BigPicture.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrikadagi irqiy kamsitishlar, hattoki 1994 yilda aperteid bekor qilinganidan keyin ham siyosiy va ijtimoiy infratuzilmaga katta ta'sir o‘tkazgan. Regbi bo‘yicha JAR terma jamoasi jahon chempionatida «Springboks» Yangi Zelandiyaning «Oll Bleks»i ustidan g‘alaba qozongan. Bu tarixiy lahza irqiy mojarolar yumshaganidan dalolat berardi. Ko‘p yillardan buyon mamlakat qora tanli aholisi huquqlari uchun kurashgan Janubiy Afrika prezidenti  Nelson Mandela hattoki «Springboks» jamoasi sardori Fransua Penaarning qo‘lini siqib qo‘ygan.

 

Foto: The Guardian

Britaniyalik vrach Lyudvig Guttman Ikkinchi jahon urushi veteranlarini reabilitatsiya qilish uchun nogironlik aravachalaridagi xalqaro sport o‘yinlarini tashkillashtirgan. U nogironlik aravasiga mixlanib qolgan sportchilarni musobaqaga taklif qilgan va bu musobaqa keyinchalik Paralimpiya o‘yinlariga aylanib ketgan.

 

Foto: Getty Images

1936 yilda Berlinda o‘tgan olimpiya o‘yinlari Hitlerning oriylar irqining ustuvorligi g‘oyasining isboti bo‘lishi kutilayotgan edi. Biroq amerikalik qoratanli yengil atletikachi Jyessi Ouens natsistlarning rejasini barbod qildi — u 100 va 200 metr masofalarga yugurish, 4×100 metr estafetada jahon rekordi o‘rnatib, uzunlikka sakrash musobaqasida ham g‘olib chiqib jami to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritgan. Ouens chest berib turgani tasvirlangan mashhur fotosurat uzunlikka sakrash musobaqasi g‘oliblariga medal topshirilayotganda olingan. Bu suratda sport tarixidagi eng qudratli lahza muhrlangan. To‘g‘ri, Jyessi Ouens AQShga qaytgach Hitlerning o‘zini g‘azablantirgan insonni tabriklab qo‘yishni ham ep bilmagan yagona odam mamlakat prezidenti Franklin Ruzvelt bo‘lgan.

 

Foto: talkSPORT

Yana bir tarixiy voqea Mexikoda 1968 yilda bo‘lib o‘tgan olimpiya o‘yinlarida yuz bergan. Sportchilar Tommi Smit vaJon Karlos birinchi va uchinchi o‘rinni egallaganlari uchun faxr tuyg‘usi sifatida mushtlarini tepaga o‘qtalishgan. Bu qiliqni ular AQSh milliy madhiyasi yangragan chog‘da ham takrorlashgan, sportchilarning ko‘kragida inson huquqlari uchun olimpiya loyihasi nishonlari ko‘rinib turibdi.

 

Foto: Getty Images

Amerikalik mashhur beysbolchi Lu Gerig yonlama amiotrofik skleroz tufayli 36 yoshida sportdan ketishga majbur bo‘ldi. Sportchi uchun juda ta'sirli xayrlashuv marosimi tashkil etilgan. Darvoqe, AQSh va Kanadada yonlama amiotrofik skleroz aynan «Lu Gerig kasalligi» sifatida mashhur.

 

Foto: Getty Images

Amerikalik mashhur avtopoygachi Lens Armstrongga saraton tashxisi qo‘yiladi, prognozlar yaxshi emasdi, chunki kasallik so‘nggi bosqichida aniqlangan edi. Armstrong kasallikni yengib, «Tur de Frans» hisobida 7 marta birinchi bo‘lib marraga yetib keldi. Uning namunasi ko‘plarni taslim bo‘lmasdan, saratonga qarshi oxirigacha kurashish, o‘z orzulari sari dadil ildamlashga ilhomlantirdi.

 

Foto: Getty Images

Unikal sportchi Bobbi Martin amalda oyoqsiz tug‘ilgan. Lekin bu hol unga maktabda amerikacha futbol bilan shug‘ullanish va universitetda mahalliy jamoada o‘ynash uchun xalaqit qila olmadi.

 

Foto: Wikipedia

1900 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarigacha ayollarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat etilmagan edi. O‘sha yili chim ustida tennis va golf musobaqalariga ayollar ham jalb etildi. 2012 yilgi London olimpiadasida esa ayollar boksi debyut qildi.

 

Foto: Getty Images

1965 yilda Kassius Kley o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Ertasi kuni u «Islom millati» vakili ekanligini e'lon qilib, ismini Muhammad Aliga o‘zgartirdi. Taniqli bokschi Muhammad Ali nafaqat armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan, shuningdek Vetnamdagi urushga faol qarshilik ko‘rsatganligi uchun chempionlik titulidan, janglarda qatnashish huquqini beruvchi litsenziyasidan, mamlakatni tark eta olmasligi uchun pasportidan mahrum qilingan.

 

Foto: Getty Images

1947 yilning aprelida beysbolchi Jyeki Robinson «Bruklin Dojyers» klubi bilan shartnoma imzolab, Bosh ligadagi ilk qoratanli o‘yinchi bo‘ldi. Uning manzili tomon bo‘lgan o‘lim tahdidlariga va boshqa o‘yinchilar tomonidan doimiy tahqirlanishiga qaramasdan, o‘z iqtidori va tirishqoqligi tufayli Robinson ajoyib sport karerasiga ega bo‘ldi.

 

Foto: Getty Images

1973 yilning 20 sentabrida ayollar o‘rtasida tennis yulduzi Billi Jin King jahonning sobiq birinchi raketkasi Bobbi Riggsga qarshi o‘ynaydi. Riggs o‘z vaqtida ayollar tennisi darajasi haqida haqoratomuz fikr bildirib, kortda har qanday ayolni yengishini aytgan edi. King Riggsni yengadi va 100 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritadi.

 

Foto: Getty Images

Kelib chiqishi yamaykalik bo‘lgan kanadalik yengil atletikachi Ben Jonson 1988 yilda Seul olimpiadasida bo‘lib o‘tgan final poygasida jahon rekordini o‘rnatadi. Biroq oradan uch kun o‘tgach, sportchi steroidlar iste'mol qilganlikda ayblanadi va titullaridan mahrum etiladi. Jonson Barselonada bo‘lib o‘tgan keyingi olimpiadada ishtirok etadi, biroq u yana taqiqlangan preparatlar iste'mol qilgani uchun diskvalifikatsiya qilinadi. 1993 yilda sportchi butun umr sportdan diskvalifikatsiya qilinadi.

 

Foto: Getty Images

Amerikaning Ogasta shahridagi milliy golf klub 1975 yilgacha qora tanli sportchilarni qabul qilmagan. 1997 yilda 21 yoshli Tayger Vuds mazkur golf-klub tomonidan o‘tkazilgan «Masters» turnirida g‘olib chiqdi.

Top