08:30 / 28.05.2018
15106

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvida yana bir yetakchi qatnashishi mumkin

Foto: ABC News

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvida ishtirok etishi mumkin. Bu Vashington hamda Pxenyan shu haqda kelisha olsa ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap» agentligi yuqori mansabli amaldorga asosan.

12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan uchrashuv hamon so‘roq ostida turibdi. Agarda AQSh va KXDR uning o‘tkazilishini yakuniy tarzda tasdiqlasa, unda Mun Chje In ham uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

«Muhokamalar endi boshlandi, shuning uchun u nimalarga olib kelishini kutmoqdamiz. Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Chen Inga Singapurda qo‘shilishi mumkin. Bu muhokamalar yakuni qanday bo‘lishiga bog‘liqdir», - deya aytib o‘tdi manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR bilan muzokaralar muddatiga aniqlik kiritgandi.

Mavzuga oid
Top