18:06 / 28.05.2018
7809

O‘zbekiston Oliy sudi raisi ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi

2018 yil 28 may kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi R.Alimov ShHTning Pekin shahridagi qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov bilan uchrashdi. 

Suhbat chog‘ida tomonlar adliya va ShHT makonidagi yuqori sud organlari o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy bazasini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Nazvaniye
Foto: rus.sectsco.org

Oliy sudlarning salohiyatini terrorchilik faoliyatida, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘larning noqonuniy aylanishiga, transchegaraviy va boshqa jinoyatlarga aloqador shaxslarga nisbatan adolatli va «jazoga tortuvchi qilich» sifatida mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: rus.sectsco.org

Bosh kotib ShHTga a'zo davlatlar Oliy sudlari orqali huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha axborot almashish orqali tashkil etilgan uzluksiz muloqot va hamkorlik transmilliy xavf va tahdidlarga qarshi samarali kurashish uchun shart-sharoit yaratishini ta'kidladi.

Foto: rus.sectsco.org

K.Komilov Hindiston va Pokistonni qabul qilish ShHT davlatlari hamda xalqlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hamkorlikning ulkan salohiyati uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradi va Oliy sudlar raislari bilan o‘zaro hamkorlik doirasida sud faoliyatini amalga oshirishda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishchi ekspertlar guruhini tuzish to‘g‘risida qabul qilingan qaror bundan keyin raqamlashtirish va sud faoliyatini axborotlashtirish darajasini oshirishga yordam berishini aytib o‘tdi.

Foto: rus.sectsco.org

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda adliyaning dolzarb masalalari bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.

Top