13:06 / 30.05.2018
11239

HAMAS Isroil bilan sulh haqida e'lon qildi

Foto: Suhaib Salem/Reuters

Falastinning harbiylashgan tuzilmasi HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

HAMAS yuqori mansabli amaldori Halil al-Xayaning ma'lum qilishicha, Isroil harbiy-havo kuchlarining oldi olingan hujumlaridan biridan so‘ng, Misr mojaroga yechim topishga qo‘shilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil o‘z tomonidan sulhga rioya etsa, falastinlik kuchlar ham o‘t ochishni to‘xtatadi.

Isroil ta'lim vaziri va knesset fraksiyalaridan birining yetakchisi Naftali Bennet so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga hali yakuniy tarzda erishilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil HAMASning G‘azo sektoridagi obektlariga aviazarbalar bergandi.

Mavzu
G‘azo sektorida yangi mojaro

14 may kuni AQSh Quddusda elchixonasi ochilishiga javoban G‘azo sektorida falastinliklar norozilik namoyishlari o‘tkazishdi. Natijada Isroil harbiylari bilan qurolli to‘qnashuvlar kelib chiqib, 40dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top