11:23 / 30.05.2018
8558

Bo‘stonliqda “Lasetti”ni olib qochgan 4 shaxs Yangibozorda qo‘lga olindi

Illyustrativ foto/babarahmad.com

27 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 4 noma'lum shaxs avtomashinalar turargohida qarovsiz qoldirilgan, Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi H.R.ning “Lasetti” rusumli avtomashinasi eshigi ochiq qolganligi hamda kaliti o‘zida turganligidan foydalanib, avtomashinani haydab qochganlar. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Parkent shahrida yashovchi G‘.G‘. sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Parkent tumanida haydab ketayotganida ushlangan, uning jinoiy sheriklari, muqaddam sudlangan B.U va A.Z., O.M. Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor qo‘rg‘oni hududidan ushlangan.

Mavzuga oid
Top