18:40 / 30.05.2018
38637

«O‘ztransgaz»da 1,5 yil ichida uchinchi marta rahbar o‘zgardi

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sayfullayevich Mustafoyev vazifasidan ozod etilgan. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda kompaniyaga Sharifjon Ahmedovich Tursunov yangi rahbar bo‘lgan.

Sharifjon Tursunov bungacha Majburiy ijro byurosi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Qayd etish kerakki, bu kompaniya rahbari 2016 yil dekabridan buyon uchinchi marta o‘zgarishi bo‘ldi.

O‘z vaqtida bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan Ergash Shoismatov 2016 yil dekabrida Shukurullo Mahmudov «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisligiga  tayinlangan, 2017 yil avgustida u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rnini Alisher Mustafoyev egallagandi.

Ayni vaqtda Alisher Mustafoyevning keyingi ish joyi ma'lum emas, Ergash Shoismatov shu yilning fevralidan buyon O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Top