14:13 / 31.05.2018
15966

Kasilyas Neymarning transferi haqida: Ronalduni hech kimga almashmas edim

Foto: Getty Images

"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas "PSJ" hujumchisi Neymarning "Real Madrid"ga, Krishtianu Ronalduning parijliklar safiga ehtimoliy transferi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Ronalduni Neymarga almashar edimmi? Yo‘q! Men uni dunyodagi hech qaysi o‘yinchiga almashmas edim. Futbol borgan sari o‘zgarib borishini tushunaman, biroq hozir Krishtinu – bu "Real". U men o‘ynagan o‘yinchilar orasidagi eng yaxshisi. Ronaldu qilayotgan ishlar – aqlbovar qilmas. U kun sayin kuchayib bormoqda. Bu telbalik. 

Odamlar nima deyishidan qat'i nazar, u Madridda baxtli va bunga qadar nima deyilgan bo‘lsa ham, u "Real"da qolgan. U ketadi, deb o‘ylamayman. 

Neymar "Real"dami? U "Barselona" kabi katta klubni "PSJ"dagi yangi chaqiruvlarga almashdi. Hozir bu transferni tushunmagan bo‘lardim, biroq har bir o‘yinchi "Real"da o‘ynashni xohlashini bilaman", – dedi Kasilyas. 

Mavzuga oid
Top