12:47 / 31.05.2018
23563

Mirishkor tumaniga AQShda ishlab chiqarilgan traktorlar keltirildi

Qashqadaryo viloyat hokimining 2018 yil 23 yanvardagi X58/01 sonli hamda Mirishkor tumani hokimining 2018 yil 23 yanvardagi X67/01 sonli qaroriga asosan klaster usulida paxta xom-ashyosini yetishtirish uchun Mirishkor tumanidan 11 000 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda paxtadan yuqori hosil olish ko‘zlangan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Mana shu qarorlarning ijrosini ta'minlash maqsadida G’uzor Textel Impex MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligida agrotexnik ishlarni bajarishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida AQShda ishlab chiqarilgan “John Deere” 6155M rusumli 50 ta haydov traktori xarid qilindi. Keltirilgan texnikalar yordamida klaster usulida yuqori paxta hosili yetishtirish mo‘ljallangan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-sonli qaroriga asosan G’uzor Textel Impex MChJ xususiy korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, korxona faoliyati paxta hosilini yetishtirish va uni qayta ishlashdan iborat.

Mavzuga oid
Top