10:11 / 01.06.2018
12970

Chet tili o‘qituvchilariga oylik ustama belgilash uchun test qachon bo‘lib o‘tishi aytildi

Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlari 2018 yil 7-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

«Test joyi, kuni va vaqtini natijalarini “Shaxsiy kabinet” orqali aniqlashingiz mumkin», - deyiladi xabarda.

Test sinovi topshiriladigan bino hududiga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin yetib kelish kerakligi aytiladi. Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkazilmaydi.

Top