15:28 / 01.06.2018
22023

Ekspertlar Amudaryoning quyi oqimida suv kam bo‘lishi haqida ogohlantirdilar

TERRA-MODIS sun'iy yo‘ldosh platformasining ma'lumotlariga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi daryo havzalarining qor qoplagan maydoni 2018 yilning 31 mart kuni holatiga ko‘ra 2017 yilning qor ko‘p yoqqan shu davriga nisbatan anchagina ozroq.

Amudaryo yuqori qismining qor qoplagan maydonini

2018 yil mart oyining oxirgi davridagi holati
Amudaryo yuqori qismining qor qoplagan maydonini

2017 yil mart oyining oxirgi davridagi holati

Ekspertlarning fikricha, bunday sharoitda, Amudaryoning quyi oqimi uchun sersuvlik miqdorini uzoq muddatli bashoratiga binoan, hosil o‘sishi vaqtida suv miqdori me'yordan 40 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Boshqacha aytganda, joriy yilda tadqiqot o‘tkazilayotgan mintaqalarda suv kam bo‘ladi. Bu esa, avvalambor, qishloq xo‘jaligida kam suvlik bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimolli xatarlar oqibatlarini pasaytirish uchun moslashuvning qo‘shimcha chora-tadbirlarini o‘tkazishni talab qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishi haqidagi BMTning doiraviy konvensiyasining Adaptatsion fondi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlash» qo‘shma loyihasi doirasida takomillashtirilgan Qurg‘oqchilikni oldindan ogohlantirish tizimi (QOOT) bunday bashoratlarni ko‘ra bilish imkonini beradi.

Butunjahon meteorologiya tashkilotining bayonotiga ko‘ra, 2017 yildagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar rekord darajadagi 320 milliard dollarga teng bo‘ldi.

O‘zgidromet mutaxassislari tomonidan mana shunday tizim suv oqimini shakllantirish zonalari bo‘lmish Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismlari uchun ishlab chiqilgan edi. Shuni qayd etish joizki, Qoraqalpog‘iston Amudaryoning etaklarida joylashgan va bu yerda mazkur suv oqimidan foydalanish va qayta tiklashga zarur bo‘ladigan sharoitlar yuqori qismlardan tubdan farq qiladi. Loyiha doirasida mazkur tizim hududning geografik joylashuvi sharoitlariga moslashtirildi. Hozirgi vaqtda u ikki turdagi mahsulotni olish imkonini beradi - suv miqdorini sifatli baholash, u tufayli yil suv resurslari bilan yetarli darajada ta'minlanganligini yoki qurg‘oqchilik kutilayotganini, hamda ma'lum bir obekt uchun suv zaxiralarini son jihatdan tavsiflash haqida tasavvur beradigan ma'lumotlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

“Qoraqalpog‘iston bo‘yicha barcha kuzatuv tarmoqlarini avtomatlashtirish loyihaning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. 2017 yilning mart-aprel oylarida 10ta meteorologik stansiyadan iborat bo‘lgan kuzatuv meteorologik tarmoqni modernizatsiya qilish uchun uskunalar o‘rnatildi. Biz Rossiya, Qirg‘iziston va Italiyadan mutaxassislarni jalb qildik. Bunday uskuna mamlakatda birinchi marotaba ishlatilmoqda. U qat'iy belgilangan davr mobaynida asosiy meteorologik parametrlarni yuqori aniqlikda o‘lchash, o‘lchashlar natijasida qator ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish, axborotni tezkorlik va diqqat bilan kodlash, telegrammalar matnini tuzish va axborotni ma'lumotlarni jamlash markazlariga yuborish imkonini beradi”, - deydi loyiha rahbari Aleksandr Merkushkin.

Bundan tashqari, loyiha doirasida Tuyamo‘yin va Qipchoqdagi ikkita muhim nuqtalarda suv sarfi darajasini kuzatish tizimlarini avtomatlashtirish amalga oshirilmoqda. Bu tegishli o‘lchovlarni bajarishda vaqtni qisqartiradi va mehnat sarfini qisqartirish imkonini beradi.

Shunga qaramasdan, mutaxassislarni ta'kidlashicha, ma'lumotlarni yig‘ish va jamlashni o‘zigina yetarli emas, axborotni muayyan auditoriya orasida tarqatish zarur. Buning uchun ko‘p modulli axborot maydoni ishlab chiqilmoqda, u asosiy iste'molchilarni ular uchun qulay shaklda muhim ma'lumotlar bilan tezkor ta'minlash imkonini beradi.

Top