02:08 / 01.06.2018
2395
Mail.ru Group Turkiya bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Rossiyaning Mail.ru Group va Turkiyaning Turkcell kompaniyalari internet-xizmatlar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Gap ijtimoiy media va elektron pochta sohasidagi hamkorlik haqida ketmoqda. 

“Bu strategik hamkorlik biz bu sohada birinchi va yetakchi o‘yinchilardan aylanishimizga kafolat beradi va xizmatlarimizni butun dunyo bo‘ylab eksprot qilish va raqobatchilikning yangi sohasini yaratishga imkon beradi”, deb aytgan Turkcell rahbari Ka'n Terzio‘g‘lu. 

Mail.Ru Group Rossiyadagi yirik internet-kompaniyalardan hisoblanadi. Uning aktivlari orasida elektron pochtasi, uchta ijtimoiy tarmoq bor. Kompaniya portfelida Warface, Armored Warfare, Skyforge va  Perfect World kabi o‘yinlar ham mavjud. Bundan tashqari, Mail.Ru Group’ga ICQ, Agent Mail.Ru va TamTam kabi messenjerlar tegishli.

Top