19:02 / 01.06.2018
14606

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining Jangovar Bayrog‘i to‘g‘risida” 1996 yil 26 dekabrdagi PF-1663-son Farmonida:

a) nomidagi “idoralarining” so‘zi “organlarining” so‘zi bilan almashtirildi;

b) 1 va 2-banddagi “Ichki ishlar idoralari” va “Ichki ishlar idoralarining” so‘zlari tegishlicha “ichki ishlar organlari” va “ichki ishlar organlarining” so‘zlari bilan almashtirildi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralarining Jangovar Bayrog‘i to‘g‘risidagi nizomda:

nomidagi “idoralarining” so‘zi “organlarining” so‘zi bilan almashtirildi;

1- band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Jangovar Bayrog‘i shon-shuhrat, jasorat va e'tiqod ramzidir. U O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining har bir xodimini xalqiga va jonajon Vataniga sadoqat bilan xizmat qilish, halol va pok vijdonli bo‘lish, xalq manfaatlariga xizmat qilish, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilishdek o‘z zimmasiga yuklatilgan xizmat burchlarini bor kuchi va bilimini, zarur bo‘lsa hayotini xam ayamasdan mardlik va matonat bilan ado etishga da'vat etadi”;

2-bandda:

“Ichki ishlar idorasiga va o‘quv yurtiga” so‘zlari “ichki ishlar organiga va oliy ta'lim muassasasiga” so‘zlari bilan almashtirildi;

rus tilidagi matni “uchebnomu zavedeniyu” so‘zlarni “vysshemu obrazovatelnomu uchrejdeniyu” so‘zlari bilan almashtirildi;

3-banddagi “idorasida” so‘zi “organida” so‘zi bilan almashtirildi;

4-bandda:

“idoralarining” va “idora” so‘zlari tegishlicha “organlarining” va “ichki ishlar organi” so‘zlari bilan almashtirildi;

rus tilidagi matnidagi “Izmeneniya naimenovaniya” so‘zlaridan keyin “organa vnutrennix del” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

5-banddagi “harakatdagi Nizomlari” so‘zlari “normativ-huquqiy hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

6-banddagi “bu sharmandalikda aybdor xodimlar va idora boshlig‘i qonun asosida jazolanadilar” so‘zlari “ichki ishlar organi xodimlari va rahbari qonun hujjatlariga muvofiq jazolanadilar” so‘zlari bilan almashtirildi;

g) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari Jangovar Bayrog‘ining tavsifida:

nomidagi va ikkinchi xatboshidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirildi;

birinchi xatboshidagi “idorasi” so‘zi “organi” so‘zi bilan almashtirildi;

to‘qqizinchi xatboshidagi “OZBEKISTON” so‘zi “O‘ZBEKISTON” so‘zi bilan almashtirildi;

o‘ninchi xatboshidagi “idorasining” va “idorasi” so‘zlari tegishincha “organining” va “organi” so‘zlari bilan almashtirildi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011 yil 5 yanvardagi PF-4262-son Farmonida:

a) 1-ilovada:

2-bandning o‘n uchinchi xatboshidagi “ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari” so‘zlari “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirildi;

quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan to‘ldirildi:

“7-1. O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga biometrik pasport rasmiylashtirish va berish tegishli murojaat asosida belgilangan tartibda ushbu shaxslarning doimiy yashash yoki bo‘lish joyiga borgan xolda amalga oshiriladi”.

16-bandning ikkinchi xatboshidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirildi;

26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirildi;

29-banddagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirildi;

39-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “idorasi” va “idoralari” so‘zlari tegishlicha “organi” va “organlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

41-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “idoralarining” so‘zi “organlarining” so‘zi bilan almashtirildi;

44-bandning ikkinchi xatboshidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirildi;

b) 2-ilovada:

2-bandning o‘ninchi xatboshidagi “ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari” so‘zlari “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirildi;

3-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“3. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjati olish uchun doimiy propiska qilingan joyi bo‘yicha ma'lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qiladi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati besh yil muddatga beriladi.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

Harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugagach, shaxs uni ma'lumotlarni yig‘ish punktiga topshirishi shart.

O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish va berish tegishli murojaat asosida belgilangan tartibda ushbu shaxslarning doimiy yashash yoki bo‘lish joyiga borgan holda amalga oshiriladi.”;

10-bandning ikkinchi xatboshidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirildi;

23-banddagi “idorasiga” so‘zi “organlariga” so‘zi bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 17 fevraldagi PF-4960-son Farmonining rus tilidagi matnida:

a) 1-band “b” kichik bandida:

birinchi xatboshida “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘ziga almashtirildi;

ikkinchi xatboshida “SNB” qisqartmasi “SGB” qisqartmasiga almashtirildi;

b) 1-1-bandda, 1-2-band birinchi va ikkinchi xatboshilarda va 3-bandda “natsionalnoy” so‘zi “gosudarstvennoy” so‘ziga almashtirildi;

v) 1-3-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“I-3. Ustanovit, chto s 1 maya 2018 goda pensiya vyplachivayetsya v polnom razmere pensioneram iz chisla sotrudnikov organov vnutrennix del Respubliki Uzbekistan, osushchestvlyayushchim trudovuyu deyatelnost v kachestve prepodavateley profilnyx distsiplin akademicheskix litseyev Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan”;

g) quyidagi tahrirdagi 1-4-band bilan to‘ldirildi:

“1-4. Vyplata pensiy pensioneram, ukazannym v punktax 1—1-3, osushchestvlyayetsya v polnom razmere, yesli ukazannaya v dannyx punktax deyatelnost yavlyayetsya yedinstvennym mestom raboty pensionera”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son qarori 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida “ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlaridan keyin “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan to‘ldirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666-son qarorida:

a) 1-bandning beshinchi xatboshidagi “turizm yo‘nalishlari” so‘zlaridan keyin “gidlar (ekskursovodlar)” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

b) 4-ilovaning rus tilidagi matnida:

6-bandning beshinchi xatboshidagi “po turistskim marshrutam” so‘zlaridan keyin “gidam (ekskursovodam)” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

7-bandning “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirildi:

“organizuyet i provodit meropriyatiya po povysheniyu turistskoy kultury (ideologii gostepriimstva) naseleniya, projivayushchego vdol turistskix marshrutov i vblizi obektov turistskogo pokaza i infrastruktury;

organizuyet dlya rabotnikov gostinits i drugix sub'yektov turistskoy deyatelnosti kratkosrochnyye uchebnyye kursy po voprosam obespecheniya bezopasnosti turistov, okazaniya im pervoy meditsinskoy pomoshchi, vzaimodeystviya s pravooxranitelnymi i drugimi gosudarstvennymi organami”.

7-bandning “g” kichik bandi “po turistskim marshrutam” so‘zlaridan keyin “gidam (ekskursovodam)” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

7-bandning “d” kichik bandi kuyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“organizuyet funktsionirovaniye “telefonov doveriya” v turistskoy sfere”.

Prezidentning “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qarorida:

a) 6-bandning birinchi-to‘rtinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etildi:

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-ma'rifiy ishlar markazi va “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi tomonidan ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pullik xizmatlar ko‘rsatish haqidagi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlarini (bo‘linmalarini) xamda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining Yo‘l harakati boshqarmasi huzuridagi maxsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”;

b) 7-bandda “lavozimga qayta tayinlanguniga” so‘zlaridan keyin “yoki pensiyaga chiqquniga” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;

v) 1-ilovada:

6-band quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“xavfsiz turizmni ta'minlash”;

7-bandda:

“g” kichik bandning birinchi xatboshidagi “ekspert-kriminalistika faoliyati” so‘zlaridan keyin “tergovga qadar tekshiruv” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

“k” kichik bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “sog‘lomlashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari” so‘zlari “sog‘lomlashtirish muassasalari hamda akademik litseylari” so‘zlari bilan almashtirildi;

quyidagi mazmundagi “l” kichik band bilan to‘ldirildi:

“l; xavfsiz turizmni ta'minlash sohasida:

turistik namoyish obektlari va infratuzilmalari hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta'minlash;

turistlarni potensial tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularga tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarishni ta'minlash;

avtomobil, temir yo‘l va havo transporti infratuzilmalarida jamoat xavfsizligini ta'minlash;

turizm yo‘nalishlaridan jinoiy maqsadlar uchun foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qonunga xilof faoliyatini aniqlash va bartaraf etish;

turistlar vaqtini xavfsiz o‘tkazishlari uchun shart-sharoit yaratish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish va dam olish joylarida, shuningdek ommaviy-madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish”;

11-bandda:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“bir yilda ikki marotaba O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida axborot beradi”;

to‘rtinchi-o‘n oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi-o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

12-band birinchi xatboshida “yetti” so‘zi “sakkiz” so‘ziga almashtirildi;

quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan to‘ldirildi:

“12-1. Vazir mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta'minoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosariga tenglashtirilgan maslahatchiga ega.

Vazir maslahatchisi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Vazir maslahatchisi:

ichki ishlar organlari faxriylarini munosib ijtimoiy himoya qilish;

ichki ishlar organlari tizimida hurmat va obro‘-e'tiborga ega bo‘lgan xodimlarning ijobiy xizmat tajribasi, amaliy ko‘nikmasi va malakasini yosh xodimlarga yetkazish orqali ularda yuksak axloqiy va kasbiy mahoratni shakllantirish;

ichki ishlar organlarining yosh xodimlarida Vatanga xamda xizmat vazifalariga nisbatan sadoqat hissini shakllantirish uchun mas'uldir”;

Prezidentning “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 18 apreldagi PQ-2896-son qarorida:

a) 1-ilovada:

16-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi”;

b) 2-ilovada:

29-band birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“29. Profilaktika inspektorlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyalar bilan kuyidagi masalalarda o‘zaro hamkorlik qiladilar:”.

Prezidentning “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 1 maydagi PQ-2940-son qarorida:

a) 1-bandning yettinchi xatboshidagi “aniq” so‘zi “muayyan” so‘zi bilan almashtirildi;

b) 1-ilova 3-bandning o‘n yettinchi xatboshidagi, 6-band “v” kichik bandining yettinchi, sakkizinchi va o‘n birinchi xatboshilaridagi hamda “g” kichik bandning o‘n yettinchi xatboshidagi “aniq” so‘zi “muayyan” so‘zi bilan almashtirildi.

Prezidentning “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarorida:

a) 1-ilovada:

3-bandining o‘n ikkinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi” so‘zlaridan keyin “xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari va” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

6-bandining uchinchi xatboshisidagi “o‘ttiz besh” so‘zlari “qirq” so‘zlari bilan almashtirildi;

9-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi”;

34-band uchinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

47-bandda:

birinchi xatboshi “boshqa organlardan xizmatga” so‘zlaridan keyin “qabul qilingan yoki” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

ikkinchi xatboshi “boshqa organlar bo‘linmalariga” so‘zlaridan keyin “qabul qilingan yoki” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

50-bandda “maxsus unvonlar berilgan” so‘zlaridan keyin “(shu jumladan mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar xizmatga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan)” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

125-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “maktabgacha ta'lim muassasalariga va” so‘zlari chiqarib tashlandi;

b) 2-ilovada:

1-band ikkinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — IIV)” so‘zlaridan keyin “xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari va” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

62-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“62. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni besh kun muddatda vakolatli idoraga yuboradi”.

Mavzuga oid
Top