08:38 / 02.06.2018
6817

Rim papasi neft kompaniyalari rahbarlariga taklif bilan chiqdi

Foto: AP

Rim papasi Frantsisk neft kompaniyalari rahbarlarini iqlim o‘zgarishi muammosini muhokama qilish uchun taklif etdi. Bu haqda Associated Press pontifikning vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.

Konferentsiya 8-9 iyun kunlariga rejalashtirilgan, Rim papasining o‘zi top-menejyerlar bilan konferensiya ikkinchi kuni muloqot qiladi.

Vatikan taklif etilganlar haqidagi ma'lumotni oshkor etmadi. Biroq, Robert Dadli rahbarlik qiluvchi BP va Darren Vuds boshchiligidagi Exxon Mobil bu uchrashuviga tashrif buyurishi haqida ma'lumot bergan.

Agentlikning ta'kidlashicha, iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha ekspertlar bunday tadbirni ma'qullashmoqda, ammo uning yakunlari bo‘yicha «mo‘'jiza» yuz berishiga ishonishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BP rahbari neft narxi 100 dollargacha ko‘tarilishiga hech qanday sabab yo‘qligini ma'lum qilgandi. 

Top