10:01 / 02.06.2018
20289

«O‘zimizning oyog‘imizga o‘q uza olmaymiz». Serbiya prezidenti Qrim haqida gapirdi 

Foto: AFP /ANDREJ ISAKOVIC

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning ma'lum qilishicha, agarda Serbiya Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olganida, bu Kosovo mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash, deb hisoblanardi. Bu haqda u Fransiyaning Monde nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Agarda biz buni qilganimizda, bu biz Kosovo mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashimizni anglatgan bo‘lardi. Biroq, o‘zingizni bizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘ring. BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a'zolaridan qaysi biri bizning hududiy yaxlitligimizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Rossiya. Biz o‘zimizning oyog‘imizga o‘q uzishimiz mumkin edimi?» - degan Vuchich.

Serbiya prezidentining ta'kidlashicha, mamlakat hukumati 2014 yilda Rossiyaga sanksiyalarga qarshi chiqqan. Biroq, Belgrad Yevropa ambitsiyalari haqida ma'lum qilmoqda, ammo agarda Serbiya o‘shanda Yevroittifoq bir qismi bo‘lganida, unda u yagona tashqi siyosat bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini bajarar edi, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

Vuchichning bildirishicha, Rossiya bilan munosabatlar besh-olti yildan so‘ng butunlay o‘zgarishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, Belgradning yevrointegratsiyasi va Moskva bilan yaxshi munosabatlar bir-biriga zid emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina vaziri Moskvani yoqib yuborishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top