13:53 / 02.06.2018
5884

Vetnam o‘z hududidagi xorijiy harbiy bazalar bo‘yicha pozitsiyasiga oydinlik kiritdi

Foto: Reuters /Quang Le

Vetnam o‘z hududini xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish uchun taqdim etish niyatida emas. Bu haqda Vetnam milliy mudofaa vaziri Ngo Suan Lit Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya davomida ma'lum qildi.

«Barcha davlatlar bir birining mustaqilligini hurmat qilishi kerak, hamda biz o‘z hududimizda xorijiy bazalarni joylashtirishga rozilik berish niyatida emasmiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Ta'kidlanishicha, vazir «barcha davlatlar, ayniqsa qudratli mamlakatlar hurmat ko‘rsatishi va bir tomonlama provokatsion harakatlardan tiyilishi kerak»ligini aytgan.

Avvalroq, Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera xalqaro konferensiya davomida chiqish qilib, Pxenyanning yadrosizlanishi AQSh va KXDR sammiti yakuniga aylanishi lozimligini aytgandi.

Top