08:22 / 02.06.2018
4046

Visa kartalar ishidagi ommaviy nosozlikka izoh berdi

Foto: Depositphotos

Visa to‘lov tizimi Yevropada 1 iyun kuni kartalar ishidagi ommaviy nosozlik buzib kirish yoki zararli faollik bilan bog‘liq emasligini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

U yerdan ta'kidlashlaricha, hozirgi vaqtda tizim normal darajaga yaqin holatda ishlamoqda.

«Muammo apparat nosozligi oqibatida kelib chiqdi. Bizda bu qandaydir buzib kirish yoki zararli faollik bilan bog‘liq ekaniga oid hech qanday dalillar yo‘q», - deya ma'lum qilishgan Visa’da.

Avvalroq, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa davlatlarida Visa kartalari bo‘yicha qator amaliyotlarda ommaviy nosozlik kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu bilan birga, Sharqiy Yevropada kartalar bo‘yicha tranzaksiyalar oddiy rejimda amalga oshirilgan.  

Top