00:11 / 03.06.2018
127072

Diqqat: 17 yoshli Yosinxon qori qidirilmoqda

Azizlar, shu kunlarda andijonlik Abdulbosit qori aka xonadoniga katta tashvish yetdi. Uning farzandi, ko‘zining nuri bo‘lmish jigarbandi Yosinxon qori 2018 yil 27 may kuni tong sahar Chilonzor 5-mavzeda yashab turgan uyidan chiqib ketgani holda qaytib kelmagan. Otasi Abdulbosit qorining aytishicha, o‘g‘li Toshkent transport kollejining birinchi kursida tahsil olgan. 

Yosinxon qori 2001 yilda tavallud topgan bo‘lib, endi 17 yoshni to‘ldiradi. Bo‘yi 165-170 sm atrofida. Alohida belgilari yo‘q. Qoshi tekis, sochi qora. O‘zi oqishdan kelgan o‘spirin. Yo‘qolgan kuni egnida to‘q ko‘k tusli futbolka, to‘q ko‘k rangda triko bo‘lgan. Oyog‘ida usti qora, tagi oq bo‘lgan matoli poyabzal kiygan. 

Abdulbosit qorining aytishicha, u rafiqasini farzandi Andijonga ketgan bo‘lishini gumon qilib, o‘sha yoqqa yuborgan. Biroq u yerdagi tanishlari, yaqinlarining hech birining uyida Yosinxon qori bo‘lmagan. 

Abdulbosit qori 29 may kuni Chilonzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ammo, hozircha, bu samara berayotgani yo‘q. 

Azizlar, shu yigitni ko‘rganlar, qayerda ekanini bilganlar bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz.

Telefonlar:

+998 90 320 75 57
+998 90 544 24 00
+ 998 90544 18 00

Top