22:37 / 04.06.2018
15050

1,5 mingga yaqin delfin bukri kit bilan o‘ynashdi (video) 

Kaliforniya sohillari yaqinida, Monterey ko‘rfazida yuzlab delfinlar to‘planishib, bukri kit va uning bolasini bezor qildi. Bu haqda San Francisco Chronicle nashri ma'lum qildi.

Drondan olingan videoda delfinlar ona kit boshi atrofida suzib, uni sho‘ng‘ishga majbur qilayotganlarini ko‘rish mumkin. Kit sho‘ng‘iganda esa delfinlar u tomonidan ko‘tarilgan to‘lqin ustida suzayotganlarini ko‘rish mumkin.

“Ular ko‘rinishicha bundan haqiqiy zavq olmoqdalar, kitlar esa bundan uncha ham bezovtalik sezmaganlar”, deb izoh bergan biolog Nensi Blek. Uning fikricha, kit bolasi 4 oycha oldin dunyoga kelgan. U onasi bilan birga suzib, baliq va planktonlarni tutishni o‘rganmoqda.

Biologning aytishicha, kitlar oldida 1,5 mingga yaqin delfin suzib yurgan. Bu delfinlar orasida Tinch okeani oq yonbosh delfinlaridan tashqari, shimoliy kitsimon definlar ham bo‘lgan.

Katta yoshli urg‘ochi bukri kitning uzunligi 14,5 metrni tashkil qiladi. U asosan dengiz qisqichbaqalari, baliqlar va mollyuskalar bilan oziqalanadi va delfinlar uchun xavf tug‘dirmaydi.

Mavzuga oid
Top