19:13 / 04.06.2018
13282

Bekobodda profilaktika inspektoriga pichoq urishdi

Foto: KUN.UZ

3 iyun kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi N.B. tuman IIBga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyi oldida “Sardor” ismli shaxs mast holda janjal ko‘tarib bezovta qilayotganligini ma'lum qilib yordam so‘ragan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Mazkur xabar yuzasidan shu hududga xizmat ko‘rsatuvchi tuman IIB profilaktika inspektori B.A. voqea joyiga kelib, Bekobod shahrida yashovchi muqaddam 3 marotaba sudlangan S.R.ni tartibga chaqirgan vaqtida u profilaktika inspektorini chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, voqea joyidan qochib ketgan, profilaktika inspektori jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida S.R. ushlangan.

Top