20:57 / 04.06.2018
31778

Eng arzon mobil internetga ega davlatlar ma'lum qilindi

Foto: pixabay.com

Qozog‘iston eng arzon mobil internetga ega davlatlar reytingida 4-o‘rinni egalladi. Bu haqda Content Review va «Vympelkom» hisobotida aytilgan.

Mamlakatda 1 GB.ning o‘rtacha narxi 6 332 so‘mga teng. 2018 yilning may oyida jahon bo‘ylab 1 GB narxi o‘rtacha 35 882 so‘mni tashkil qilgan.

Tadqiqotchilar ma'lumotiga ko‘ra, eng arzon internet Eron (690 so‘m), Polsha (2,1 ming so‘m) va Venesueladadir (2,9 ming so‘m).

Eng qimmati esa - Yaponiya (106 ming so‘m), Janubiy Koreya (101 ming so‘m), Shveytsariya va BAAda (98,6 ming so‘m).

Ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q, Rossiya esa sakkizinchi o‘rinni egalladi (8,3 ming so‘m).

Mavzuga oid
Top