15:09 / 05.06.2018
9325

420 tonna ko‘mirni o‘zlashtirgan firibgar qidirilmoqda - IIV

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Yashnobod tumanida 4 iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil yanvar oyida Farg‘ona viloyatida yashovchi Y.E. TXAY ko‘chasida joylashgan “Mustang” yoqilg‘i quyish shahobchasi oldida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi B.E.ning 420 tonna ko‘mir mahsulotini 303 mln. 400 ming so‘mga baholab, undan ko‘mir mahsulotini olib, sotib yuborib pullarni bermasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Y.E.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid
Top