13:03 / 06.06.2018
20070

Qur'on musobaqasi ishtirokchilari Umra safariga yo‘l oldilar

6 iyun kuni O‘zbekiston «Qur'on musobaqasi-2018»da g‘olib bo‘lgan qorilar va ularning yaqinlari Toshkent – Jidda aviareysi orqali Umra safariga yo‘l oldilar.

Foto: Azon.uz

"O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018" g‘oliblariga mukofot tarzida berilgan bu Umra safarida qorilarning ota-onalari va yaqin oila a'zolari ham bor, deb xabar qilmoqda Azon.uz.

Ma'lum bo‘lishicha, Qur'on musobaqasi mukofoti asosida 30 kishi muborak safarga otlangan. Ularni O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi Maqsud Karimov va Toshkent Islom instituti TTJ mudiri Abdulhakim Olimov kuzatib qo‘ygan. Hamyurtlarimiz 16 iyun kuni O‘zbekistonga qaytishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi marotaba keng miqyosda o‘tkazilgan O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018 hifz yo‘nalishidan birinchi o‘rinlarga 3 kishilik Umra yo‘llanmasi, tilovat yo‘nalishidan birinchi o‘rinlarga ikki kishilik Umra yo‘llanmasi berilgan edi.

Foto: Azon.uz

 

Top