22:17 / 06.06.2018
19546

Motosiklda mashina tashib ketayotgan xitoylik internet ahlini taajjublantirdi (video)

Xitoyda gavjum trassa bo‘ylab tig‘iz vaqtda uch g‘ildirakli, orqasida yukxonasi bo‘lgan mototsiklda avtomobil tashib ketayotgan erkak to‘xtatilib, jarimaga tortildi. Ta'kidlanishicha, sedan ehtiyot qismlarga sotilishi kerak bo‘lgan, biroq xitoylik politsiya tomonidan to‘xtatilgani sababli uni kerakli joyga yetkaza olmagan.  

Taxmin qilinishicha, erkakda evakuatorni chaqirtirish uchun mablag‘ bo‘lmagan va u mashinani mototsiklda tashishga qaror qilgan.

Qoidabuzarga bu ishi uchun 1300 yuan (204 dollar) miqdorida jarima solingan.

Top