15:29 / 06.06.2018
10485

Sog‘liqni saqlash vaziri ham Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochdi.

«Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish, inson manfaatlarini ta'minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasidir. 

Siz bilan doimiy muloqotda bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida Sizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy sahifamni ochdim. 

Endi tibbiyot sohasidagi yangilik, reja, taklif, murojaat va munosabatlarni ushbu sahifada birgalikda muhokama qilamiz», - deya yozgan A.Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochgandi.

Mavzuga oid
Top