15:48 / 07.06.2018
15219
Bozorda janjallashib, eriga pichoq urgan ayol ushlandi 
Illyustrativ foto/sadsha.ru

5 iyun kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi M.D. ismli ayol “Arabxona” MFY hududida joylashgan buyum bozorida, o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i K.Q.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada K.Q. kasalxonaga yotqizilgan, M.D. esa ushlangan.

Top