09:57 / 07.06.2018
3438

Pompeo Jonson bilan Yamandagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: PA

AQSh va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari, Mayk Pompeo hamda Boris Jonson, Yamandagi gumanitar vaziyatni hamda IShID terrorchilik guruhi bilan kurash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert xabar bergan.

«Davlat kotibi Pompeo bugun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bilan gaplashdi. Ular qator global masalalar, jumladan, IShID bilan birgalikda kurash olib borish, shuningdek, Yamandagi gumanitar vaziyatni muhokama qilishdi», - deya aytib o‘tgan Nauert.

Yamandagi qurolli mojaro 2014 yildan beri davom etmoqda, unda shialarning «Ansar Alloh» harakatidan bo‘lgan isyonchi husiylar va hukumat qo‘shinlari ishtirok etyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Asadni ogohlantirgandi.

Top