18:35 / 07.06.2018
12651

Prezidentning “Navoiy” EIZ bo‘yicha qarori qabul qilindi

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra:

81 gektardan ortiq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritiladi;

38 gektardan ortiq foydalanilmayotgan maydonda joylashgan davlat mulki obektlari negizida Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari (KZS) hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi va bunda ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Mavzuga oid
Top